25

Navoiyda 5 yoshli qizaloq mudhish jinoyat qurboni bo`ldi

Jinoyat 11.07.2020, 13:00
3294
Navoiyda 5 yoshli qizaloq mudhish jinoyat qurboni bo`ldi

2020 yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir etilgan mudhish qotillikka voyaga etmagan o`smir sababchi bo`ldi. 2004 yil Zarafshon shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti tugallanmagan o`rta, maktab o`quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi B.Q. joriy yilning 8 iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan. 

B.Q. amakisi – 1985 yil tug`ilgan, millati o`zbek, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi E.T.ning o`gay qizi, ya`ni 2015 yil Nurota tumanida tug`ilgan,  Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi, voyaga etmagan M.A.ni oshxona pichog`i bilan bo`yin sohasiga urib, qasddan o`ldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh bo`lgan M.A.ning onasi, ya`ni 1988 yil Nurota tumanida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy, 1 nafar farzandi bor, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi M.D.ga ham qo`lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati etkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni payda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining “Jonlantirish bo`limi”ga yotqizilgan.

 – Oiladagi nosog`lom muhit, ruhiyat va ongning mo`rtligi, mehrsizlik hamda itoatsizlik qonli zo`ravonlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi,  – deydi viloyat IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari, polkovnik I.Tillaev. – Shuni alohida ta`kidlash lozimki, ota-onaning farzand tarbiyasidagi e`tiborsizligi 5 yoshli qizaloqni qurbonga aylantirdi. Axloqiy hamda jismoniy tarbiyasizlik har qanday jinoyatning bosh omilidir. Gumonlanuvchining jazodan qochishga urinishi, qotillikda o`zini aybdor his etmasligi uni javobgarlikdan ozod etmaydi. Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa`y-harakatlari natijasida, gumonlanuvchi shu kunning o`zidayoq qo`lga olindi. 

Шарҳлар