28

Asakalik 9 yoshli kizchani 16 joyidan pichoqlab o`ldirgan qotil 23 yoshli qo`shni ayol bo`lib chiqdi (video)

Jamiyat 02.07.2020, 16:15
17441
Asakalik 9 yoshli kizchani 16 joyidan pichoqlab o`ldirgan qotil 23 yoshli qo`shni ayol bo`lib chiqdi (video)

Sal avval, Asaka tumanida 9 yoshli qizcha xonadonida tanisaning 16 joyidan kesilgan-sanchilgan jarohat bilan o`lik holda topilgani xabar qilingan edi. 

Ushbu qotillikni sodir etgan shaxs aniqlandi, deya xabr bergan Markaz tv kanali blogeri o`z chiqishida. Uning ma`lum qilishicha, qizaloqning qotili uning 23 yoshli ayol qo`shnisi bo`lib chiqqan. 

A. ismli qo`shni ayol, sartarosh bo`lgan va o`sha qotillik sodir etilgan kun marhumaning onasi shu qo`shnisining uyiga sochini bo`yab qo`yishni iltimos qilib chiqadi. Sartarosh qo`shnisining sochini bo`yab qo`ygach, o`zining 2 oylik chaqalog`ini uning qo`liga berib, sochini yuvish muddati bo`lgunga qadar ushlab turishini, o`zi esa ko`chada ishi borligini aytib uyidan chiqib ketadi. A. shu paytda to`g`ri o`sha qo`shnisining uyiga hech kim yo`qligidan foydalanib o`g`riliq qilish maqsadida kiradi, u erdan tilla taqinchoqlar va pullarni olgach, chiqib ketayotganida 9 yoshli qizcha uni ko`rib qoladi. Jinoyat ustiga yana jinoyat qilib, ayol qo`shnisining 9 yoshli qizini uy ichiga olib kirib, vahshiylarcha o`ldiradi. Uning tanasiga 16 marta yoki 18 marta pichoq kesib, sanchib o`ldirgan. 

Shundan so`ng qotil, yana hech narsa ko`rmagandek, uyiga qaytib, marhuma qizchaning onasining sochini yuvib, bolasiga qarab ayol bilan biroz suhbatlashib o`tiradi. Qizchaning onasi uyiga qaytgach esa bolasini tanib bo`lsam darajada ko`radi.

Blogerning ma`lum qilishicha, qizaloq, Ichki ishlar organi xodimining farzandi bo`lgan. Qotillik yuz bergan kundan boshlab tuman, viloyat huquq-tartibot xodimlari kecha- kunduz mazkur jinoyat ishi bilan shug`ullanishgan. Qotillikda gumonlanuvchi topilgan va hozirda qamoqqa olingan. 

Yaqin orada ushbu jinoyat ishi bo`yicha rasmiy ma`lumot taqdim etamiz.

 

Шарҳлар