28

Quvasoy shahridagi Tibbiyot birlashmasida o`g`irlik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 02.07.2020, 12:00
488
Quvasoy shahridagi Tibbiyot birlashmasida o`g`irlik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

20 iyun kuni shahar Tibbiyot birlashmasi xodimi X.Sh. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs shahar Tibbiyot birlashmasida joylashgan xizmat xonasiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, ichida “Mi-6” rusumli uyali telefon apparati, plastik kartochkasi, fuqarolik pasporti va 350.000 so`m pullar bo`lgan ayollar sumkasini o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan. Bu haqda  Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni T.B. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

 

Шарҳлар