28

Xo`jaylida 100,5 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirilganligi aniqlandi

Jinoyat 02.07.2020, 09:04
468
Xo`jaylida 100,5 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`raqo`rg`on tumani bo`limiga fuqaro T. va boshqalar murojaat qilib, Uzumzor MFYdagi aholi  va fermer xo`jaliklarini sug`orish ob`ektida ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan bo`slada, suv nasosining ishlab chiqarish quvvati pastligi sababli aholi va fermer xo`jaliklarining ekinlari suvsizlikdan zarar ko`rayotganligini bayon qilib, mazkur holatlarni o`rganib, qonuniy chora ko`rishni so`raganlar. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu murojaatlarga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.Qurilish” MChJ tomonidan yuqoridagi sug`orish ob`ektida joriy ta`mirlash ishlari 288,9 mln so`mlik pudrat shartnomasiga asosan amalga oshirilganligi, lekin MChJ rahbari D.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida amalda bajarilmagan 171,1 mln so`mlik qurilish ishlari bajarilganligi to`g`risida hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.N.” MChJ mansabdor shaxslari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomalarga asosan, piyodalar yo`lakchalari va chiqindi yig`ish shoxobchalarini qurish ishlarini amalga oshirib, ushbu qurilish ishlari amalda to`liq bajarilmagan bo`lasada, hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali  

100,5 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Шарҳлар