my5
all

Buyuk Britaniya elchisi: "Men Toshkentda jon deb velosiped uchardim, ammo..."

Sport 03.06.2020, 23:39
817
Buyuk Britaniya elchisi: "Men Toshkentda jon deb velosiped uchardim, ammo..."

Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchisi Timoti Torlot Tvitterdagi sahifasida 3 iyun – Jahon velosiped kuni bilan tabriklab, veliklarning ahamiyati hamda poytaxtimizdagi sharoit haqida yozib qoldirdi.

“Velosport bu - juda yaxshi mashq, atrofimizdagi muhitga halaqit qilmaydi va dunyoni anglash uchun zo`r usul. Men Toshkent shahrida jon deb velosiped uchardim, ammo shahar velosipedchilar uchun qulay emas. Shunday bo`lsa-da,  O`zbekiston hukumati shaharning velik haydovchilar uchun yanada qulayroq bo`lishi yo`lida ko`proq ishlar qilishini ko`rishdan mamnun bo`lardim”, deydi elchi.

Ma`lumot uchun:

Turkmaniston 2018 yilda asos solingan Xalqaro velosiped kuni tashabbuskorlaridan hisoblanadi. Mamlakatda velosport davlat darajasida targ`ib qilinadi. Bu tashabbus davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan.

Bugun sana munosabati bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Velosiped monumenti ochildi.

Шарҳлар