my5
all

Karantindagi to`ylarda xizmat qiladigan xonandalar ham 30 kishi tarkibiga kiradimi?

Jamiyat 03.06.2020, 22:47
1289
Karantindagi to`ylarda xizmat qiladigan xonandalar ham 30 kishi tarkibiga kiradimi?

"Yurtimizda karantin e`lon qilingandan so`ng to`y va boshqa marosimlarni o`tkazish taqiqlanganidan xabardormiz. Yaqinda 30 kishilik to`y qilishga ruxsat berildi. Bu to`yda xizmat qiluvchi xonandalar ham 30 kishilik tarkibga kiritiladimi?"

Mazkur savolga Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva quyidagicha javob berdi:

-  Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkazilishi majburiydir.  

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to`y egalari, ma`raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo`ni-qo`shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek,  oilaviy tantana va to`y egalarining istaklariga ko`ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin.

Eslatib o`tamiz! Karantin davrida oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazishning belgilangan talablariga rioya qilmagan fuqarolar o`rnatilgan tartibda ma`muriy javobgarlikka tortiladi.

Foto: zarnews.uz

Шарҳлар