my5
all

Hindistonda tiriklayin ko`milgan odam bir amallab qabrdan chiqdi

Dunyo 03.06.2020, 14:02
1108
Hindistonda tiriklayin ko`milgan odam bir amallab qabrdan chiqdi

Hindistonning Gondal shahrida yashovchi Kapil Marakana bir amallab qabrdan chiqdi. Yovuz niyatli kimsalar uni tiriklayin ko`mib yuborishgandi. Ta`kidlanishicha, o`zining zarar ko`rishlarida Kapilni ayblagan sobiq ish beruvchi sheriklari bilan birga uni o`g`irlab ketib, rosa kaltaklashgan. Keyin oyoq-qo`llarini bog`lab, tiriklayin ko`mib yuborishgan. Shundan so`ng jinoyat joyini tark etishgan.

«Marakana jon achchig`ida qum ostida burala boshlagan va bir oyog`ini chiqarib olgan. Bir qancha urinishlardan so`ng tiriklayin ko`milgan odam qum ostidan chiqishga muvaffaq bo`lgan», — deya ma`lumot bergan huquq-tartibot organi xodimlari.

Jabrlanuvchi yaqin orada joylashgan turmagacha yugurib borib, sodir bo`lgan voqea haqida polisiyaga xabar bergan. Jinoyatchilar qo`lga olingan.

Шарҳлар