my5
all

Navoiyda 2 kunda 84 ta bemor, jumladan 71 yoshli onaxon sog`aydi

Jamiyat 03.06.2020, 13:42
464
Navoiyda 2 kunda 84 ta bemor, jumladan 71 yoshli onaxon sog`aydi

Navoiy viloyatida bugun ham bir yo`la 42 nafar bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (32 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Tomdi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Navoiy shahridan) bo`lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018 yil tug`ilgan. 

So`nggi kunlarda viloyatda koronavirusga chalingan ko`plab bemorlarning samarali davolanib chiqayotganida fidoyi shifokorlarimizning munosib hissasi bor. Jumladan, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Navoiy viloyati   uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, ushbu xududga safarbar qilingan edi. 

Shu kunlarda  Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov, vazirlik boshqarma boshlig`i Shuhrat Almardonov, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori Xabibullo Oqilov va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o`rinbosari Bahrom Almatov boshchiligidagi yuqori malakali shifokor-olimlar, jumladan, epidemiolog, infeksionist, otorinolaringolog, reanimatolog, pulmonolog, xirurg  hamda vrach-laborant kabi o`nlab tibbiyot xodimlaridan iborat maxsus guruh viloyatda faoliyat ko`rsatmoqda. 

Ushbu tajribali mutaxassislardan iborat guruh hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarni samarali davolash borasida mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam ko`rsatishmoqda.

Ushbu sa`y-harakatlar samarasi o`laroq, so`nggi ikki kunda bir yo`la 84 nafar bemor shifo topdi. Ayni paytda viloyatda 164 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Hozirda ulardan 96 nafari sog`aygan bo`lsa, qolgan 68 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Endilikda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar 2961 nafarga etdi.

Шарҳлар