my5
all

FVV tomonidan zararli chigirtkalarga qarshi choralar kuchaytirmoqda

Jamiyat 03.06.2020, 13:31
565
FVV tomonidan zararli chigirtkalarga qarshi choralar kuchaytirmoqda

Mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy, ekologik hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarlardan muhofaza qilish sohasida ijobiy yutuqlarga erishilmoqda.

Ayniqsa, mavsumiy xarakterga ega bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va o`z vaqtida bartaraf etish maqsadida doimiy tarzda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o`takazilayotgan ko`modonlik-shtab, maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`z samarasini bermoqda. Bu kabi tadbirlardan biri bu — zararli chigirtkalarga qarshi choralarni ko`rishdir. 

Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo`yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda zararli chigirtkalarni respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda respublika bo`yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o`tkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag`lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o`tkazishni ta`minlaydigan kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi ezgu amallar qo`shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog`iston, Turkmaniston hamda Qirg`iziston Respublikalari shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda mazkur tadbirlar jadal tarzda olib borilmoqda

Шарҳлар