my5
all

Farg`ona viloyatida poezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo`ldi

Jinoyat 03.06.2020, 13:09
597
Farg`ona viloyatida poezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo`ldi

30 may kuni soat 11:45 larda Farg`ona viloyati IIB TXTBga Qo`qon MTU navbatchisi A.X. shu kuni soat 11:40 larda elektravoz mashinisti S.Sh. boshqaruvida bo`lgan “Andijon-Toshkent” yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi “Marg`ilon-Oltiariq” temir yo`l bekatlari oralig`ida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu to`siqda joylashgan piyodalar o`tish yo`lagidan velosipedda o`tib ketmoqchi bo`lgan 2008 y.t. Z.J.ni, o`z ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborganligi haqida xabar berdi.

Z.J. tanasining turli joyidan tan jarohati olib Oltiariq tumani ShTTYoB ga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020 yil 2 iyun kuni shifoxonada vafot etdi. Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар