my5
all

Toshkent shahrining yo`lovchilar oqimi katta bo`lgan magistral ko`chalarida tezyurar avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi

Jamiyat 03.06.2020, 12:45
405
Toshkent shahrining yo`lovchilar oqimi katta bo`lgan magistral ko`chalarida tezyurar avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti qatnovini takomillashtirish maqsadida yo`nalishlar tarmog`i maqbullashtirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maqbullashtirish natijasida yo`lovchilarning jamoat transportida bir kunda harakatlanish vaqtini 30 daqiqaga qisqartirishga erishiladi. Yo`lovchilarning bir transport turidan boshqasiga o`tishi uchun 12 ta transport o`tish bog`lamalari tashkil etiladi.

Yo`lovchilar oqimi katta bo`lgan magistral ko`chalarda tezyurar avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi.

Шарҳлар