my5
all

Qashqadaryo – “Bir odam chang-tuproqqa belanib yotibdi. O`likmi, tirikmi – noma`lum...” Ushbu xabarga IIB rasmiy munosabat bildirdi (video)

Jamiyat 03.06.2020, 11:56
1090
Qashqadaryo – “Bir odam chang-tuproqqa belanib yotibdi. O`likmi, tirikmi – noma`lum...” Ushbu xabarga IIB rasmiy munosabat bildirdi (video)

Aynan shunday sarlavha bilan telegram kanallarda videolavha tarqaldi. Unda bayon etilishicha voqea Nishonda bo`lib o`tgan. 

"Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Yangi Nishon shahridan yozmoqdamiz. Bir odam chang-tuproqqa belanib yotibdi. O`likmi, tirikmi – noma`lum. Odamlar-ku yaqinlashishga qo`rqayotandir. Ammo hudud profilaktika inspektori kelib holatni o`rganishi kerak-ku! Qolaversa, ko`cha-ko`yda niqobsiz yurgan odamlarni ko`rish mumkin. Profilaktika inspektorlaridan o`z ishiga vijdonan yondashishlarini so`rab qolamiz” deyilgan xabarda. 

Ko`p o`tmay esa bo`lgan voqeaga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirildi. 

"2020 yil 30 may kuni Nishon tumani, Yangi Nishon shahri, Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`ini hududida  joylashgan “Toshboev Alisherbek” hususiy korxonasiga qarashli “Sharq” nomli spirtli ichimlik va un mahsulotlari bilan savdo-sotiq qiluvchi do`konidan bir dona 100 grammlik idishga  qadoqlangan spirtli ichimlik  xarid qilgan 27.11.1945 yilda Tojikiston Respublikasi, Qurg`antepa viloyatida tug`ilgan, millati o`zbek, oilalik, 8 nafar farzand otasi, Fuqaroligi bo`lmagan shaxs, Nishon tumani, Istiqbol mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi,  Qabulov Norboy Gulmuradovich spirtli ichimlik is`temol qilib, himoya niqobisiz mast holatda savdo do`koni yonida yotib qolgan.

Bundan tashqari, Nishon tumani, Yangi Nishon shahri, Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`ini hududida  joylashgan “Toshboev Alisherbek” hususiy korxonasiga qarashli “Sharq” nomli un mahsulotlari bilan savdo-sotiq qiluvchi do`koni sotuvchisi, 17.03.1991 yilda Nishon tumanida tug`ilgan Ismoilov Bahtinur Allamurodovich “Toshboev Alisherbek” hususiy korxonasida 2012 yildan bo`yon sotuvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Nishon tumani, Yangi Nishon shahri, Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`ini hududida  joylashgan “Toshboev Alisherbek” hususiy korxonasi 06.03.2012 yil kuni tashkil etilgan. Ushbu korxona rahbari Nishon tumani, Ulubek mahalla fuqarolar yig`ini, Obod ko`chasi 12-uyda yashovchi, Ismoilov Bunyod Allamurodovich tomonidan karantin talablari bo`yicha barcha sharoitlar yaratilgan bo`lsada,  sotuvchi Ismoilov Bahtinur Allamurodovich tomonidan amal qilinmagan.2020 yil 2 iyun kuni Istiqbol mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi,  Qabulov Norboy Gulmuradovich Qashqadaryo viloyati narkologiya dispanseriga joylashtirildi.Yuqoridagi holatlar bo`yicha, Qabulov Norboy Gulmuradovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 187-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 1-qismi bilan va  Ismoilov Bahtinur Allamurodovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, ma`muriy ishlar bo`yicha Kasbi tuman sudiga chora ko`rishlik uchun yuborildi" deyiladi viloyat IIB xabarida. 

Шарҳлар