my5
all

Haj safari va chet davlatga ishga jo`natish evaziga fuqarolarning 31 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgarlik fosh etildi

Jinoyat 03.06.2020, 11:35
321
Haj safari va chet davlatga ishga jo`natish evaziga fuqarolarning 31 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgarlik fosh etildi

  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib ularni haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 AQSh dollari va 2,5 mln. so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.  Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар