my5
all

Toshkentda singil 53 yoshli opasini o`ldirish uchun 5000 dollarga “killer” yolladi

Jinoyat 03.06.2020, 10:38
1887
Toshkentda singil 53 yoshli opasini o`ldirish uchun 5000 dollarga “killer” yolladi

Toshkentda ayol o`z opasini o`ldirtirishga urindi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, 30 may kuni G.D. ismli ayol Yunusobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Ma`lum qilishicha, unga F. ismli bir ayol 5000 dollar evaziga tug`ishgan opasini o`ldirishda yordam qilishini yoki shu ishni amalga oshiradigan shaxsni topishga ko`maklashishini so`raganini bildirgan.

Shundan so`ng, 31 may kuni soat 15:00 da Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida F. ismli ayolning noqonuniy qilmishlarini fosh etish maqsadida uning 1967 yilda tug`ilgan opasi Yunusoboddagi uyidan tuman IIBning ma`muriy binosiga olib kelingan. Shundan so`ng G.D. qotillik buyurtmachisi bo`lgan ayolga qo`ng`iroq qilib, ish bajarilganini va pullarni olib kelishini so`ragan.

O`z opasini o`ldirish bo`yicha buyurtma bajarilganligi evaziga 5000 dollar miqdoridagi pul mablag`lari o`rniga F. 2000 dollarga teng miqdoridagi tilla buyumlarini bergan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Шарҳлар