my5
all

Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida manzilli statistika

Jamiyat 31.05.2020, 23:28
3183
Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida manzilli statistika

 Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 77  holatning 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida tibbiy kuzatuvda bo`lgan fuqarolar orasidan tasdiqlandi. Shuningdek, 34 nafari karantin muassasalarida, 4 nafari (Buxoro viloyatida 3, Toshkent shahri 1) aholi orasidan va 1 nafari  xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.

 Kun davomida 54 nafar bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.  

 Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3623 nafar bemordan 2837 nafari sog`ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 771 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 8 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 Shu kungacha jami 416 118 nafar fuqaro karantinga olinib, ularning 369 113 nafari karantindan chiqarilgan.  

 Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 25 862 nafar, stasionar karantinda esa  21 143 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.  

 

Шарҳлар