my5
all

Shifokorlar besh yoshgacha bo`lgan bolalar uchun tibbiyot niqobini taqishni tavsiya etmaydi

Salomatlik 30.05.2020, 09:43
1206
Shifokorlar besh yoshgacha bo`lgan bolalar uchun tibbiyot niqobini taqishni tavsiya etmaydi

Germaniyalik shifokorlar besh yoshgacha bo`lgan bolalarga COVID-19 infeksiyasidan himoyalanish uchun tibbiyot niqobini taqmaslikni maslahat beradi.

Bu haqda Germaniyaning pediatr-vrachlar federal assosiasiyasi a`zosi Yakob Maske "RIA Novosti" ga bergan intervyusida qayd etib o`tdi.

Joriy yilning aprel oyida Germaniya pediatr-vrachlar federal assosiasiyasi COVID-19 virusini keng tarqalishi tufayli bolalarni tibbiyot niqoblarini taqish masalasi bo`yicha bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, niqoblarni o`z vaqtida olib tashlay olmaydigan bolalarning nafas olish jarayonida niqob ortida to`plangan ko`p miqdordagi karbonat angidrid ularning salomatligi uchun ancha xavfli hisoblanadi.

Шарҳлар