my5
all

Telekanallarda Yulduz Usmonovaning kliplariga “ZAPRET” qo`yilganmi?

Madaniyat 29.05.2020, 21:39
1869
Telekanallarda Yulduz Usmonovaning kliplariga “ZAPRET” qo`yilganmi?

O`zbekistondagi telekanallarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo`shiqlari va kliplariga norasmiy taqiq o`rnatilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yulduz Usmonovaning kliplariga taqiq o`rnatilishiga xonandaning mamlakat ichki ishlar organlari xodimlariga qaratilgan haqoratomuz chiqishi sabab bo`lgan. 

Ayni vaqtda Usmonovaga nisbatan navbatdagi taqiq haqidagi ma`lumotlar rasmiy kuchga emas. QALAMPIR.UZ bir necha xususiy telekanallar xodimlari bilan muloqot qildi. Unda ma`lum bo`lishicha, taqiq norasmiy ravishda o`rnatilgan. 

Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan bog`landik. U Usmonovaning qo`shiqlari va kliplariga nisbatan  “O`zbekkonsert” tomonidan hech qanday taqiq o`rnatilmaganini ma`lum qildi. 

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bundan avval ham bir necha bor taqiqqa tushgan edi. Bularning eng so`nggisi 11 yil davom etgan. 2006 yilda Usmonovaning yirik davlat tadbirlarida ishtirok etishiga nuqta qo`yildi. 2007 yildagi konsert dasturidan keyin “Xalqlar do`stligi” san`at saroyining eshiklari Usmonova uchun yopildi. Shundan so`ng, u faoliyatini Turkiyada davom ettirdi. 2016 yil 5 dekabr kuni Yulduz Usmonovaga qo`yilgan taqiqlar olib tashlandi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 3 may kuni Instagram'dagi sahifasidagi jonli efirda Ichki ishlar xodimlarini ishlamayotganga chiqarib, ular bugun marhum Birinchi Prezident Islom Karimov davrida yashamayotgani, har kuni klizma olishga o`rganib qolganini aytgandi. Xonanda efirda "Padarla`anati bo`ldilaring bugun" degan so`zlarni qo`lladi. Ushbu video jamoatchilikning jiddiy e`tirozlariga sabab bo`ldi.

IIV 5 may kuni Yulduz Usmonova ishi bo`yicha sud bo`lib o`tishini ma`lum qilib, OAVni Ma`muriy ishlar bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudiga taklif qildi. Ammo sud bo`lmadi, ya`ni Yulduz Usmonova sudga kelmadi.

Usmonova 7 may oqshomida yana bir bor Ichki ishlar xodimlari va ularning ota-onalaridan uzr so`rab chiqdi.

Шарҳлар