my5
all

Qashqadaryoda 15 yashar qizni zo`rlagan 52 yoshli qarindoshiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 27.05.2020, 16:05
11101
Qashqadaryoda 15 yashar qizni zo`rlagan 52 yoshli qarindoshiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

2020 yil 26 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda  “Ota 15 yashar qizini zo`rlagan shaxs ochiqda yurganidan shikoyat qilmoqda” sarlavhali xabarlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, ammasining ko`zi yaxshi ko`rmaydigan nogiron eri  uyda hech kim yo`qligidan foydalanib  voyaga etmagan qizning nomusiga bir necha marotaba tegadi. O`quvchi qiz o`g`il farzand ko`rgan. Qizning otasining aytishicha voqea oshkor bo`lganidan so`ng aholi pochchasini mahalladan badarg`a qilgan. Lekin uni ochiqda bemalol yurganidan, jazo olmayotganidan nolib ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan.

Ushbu xabarlarga Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi

Ma`lum qilinishicha, Qo`rg`ontepa qishlog`ida yashovchi fuqaro Azimov Saidjon Movlanovich, G`uzor tumani IIB boshlig`iga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2019 yil avgust oylarida qarindoshi Suyunov To`lqin Xasanovich, 16 yoshli  qizi M.N.ning nomusiga tekkanligini, oqibatda qizi N.M homilador bo`lib qolgan. 2020 yil 3 may kuni o`g`il farzand tugilgan. T.H.Suyunovga nisbatan esa qonuniy chora ko`rishni so`ragan. 

Ariza yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida haqiqatdan ham  G`uzor tumani, "Mexnatobod” MFY, Qo`rg`ontepa Qishlog`ida yashovchi, 20.11.2004 yilda tug`ilgan M. N 2020 yil 03 may kuni o`g`il farzandni dunyoga keltirgan. N.M bilan 2019 yil avgust oyi o`rtalarida ushbu qishloqda yashovchi 09.03.1968 yilda tug`ilgan Suyunov To`lqin Xasanovich jinsiy aloqa qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holatda fuqaro Suyunov To`lqin Xasanovichning harakatlarida O`zbekistan Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Шарҳлар