my5
all

«Yashil» hududlar «qizil»ga aylanishi ehtimoli bor

Siyosat 26.05.2020, 20:32
4626
«Yashil» hududlar «qizil»ga aylanishi ehtimoli bor

O`zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatga ko`ra qaytadan toifalanadi, hozirgacha «yashil» va «sariq» hisoblangan tuman yoki shaharlar vaziyatga qarab «qizil» sifatida belgilanishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 26 may kuni investisiya masalalari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to`xtalib o`tildi.

«Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikamizda ham ko`payganligi qayd etilmoqda.

Aytish kerakki, aksariyat hudud va korxona rahbarlari, fuqarolarimiz karantin choralarining yumshatilganini «kasallik tugadi» deb, noto`g`ri qabul qilmoqdalar.

Bugungi kunda 40ta tuman (shahar) «qizil», 45tasi «sariq» hudud sifatida qolmoqda. Eng tashvishlisi, o`tgan 10 kunda aholi o`rtasida kasallanganlar soni ham oshib bormoqda. Jumladan, Navoiyda 57ta, Samarqandda 73ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114ta shunday holat aniqlangan.

Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko`cha-ko`yda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam bo`lib, uylarda turli tadbirlar o`tkazish holatlari ko`paymoqda.

Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab xarajatlarimiz natijadorligini yo`qqa chiqarishi mumkin.

Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko`rib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish bo`yicha taklif kiritsin», dedi prezident.

Шарҳлар