my5
all

Mashhur suxandonning yakka-yu yolg`iz o`g`li koronavirusdan vafot etdi

Dunyo 26.05.2020, 11:25
5100
Mashhur suxandonning yakka-yu yolg`iz o`g`li koronavirusdan vafot etdi

Maksim Morgunovga koronavirus tahlili natijasida musbat tashhis qo`yilgandi, uning o`pkasiga shikast etgan. Bemor ilk bor 10 may kuni mazasi qochayotganini sezgan. O`sha kuni kasallikning dastlabki belgilari namoyon bo`lgan. Maksim Morgunov Kolomenskoe muzeyi matbuot xizmati xodimi edi.  Bu haqda UzA yozmoqda. 

“U zararli odatlardan, surunkali xastaliklardan xoli, butunlay sog`lom, kuchli erkak edi, ya`ni “xavfli guruh” toifasiga kirmagan. May oyidagi bayramlar oralig`ida ishga chiqqan. (Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligiga bag`ishlab, negadir aynan Portugaliya bilan tele ko`prik uyushtirilgan). O`sha kun hamkasbi, aniqrog`i o`zining bevosita rahbari bilan ko`rishgan. 8 may kuni boshliq virus yuqtirgani tasdiqlandi. Shundan so`ng Maksim ham test topshirdi va 10 may kuni uning qo`liga musbat “natija”ni topshirishdi”, - deya voqea tafsilotlari bilan ijtimoiy tarmoq orqali o`rtoqlashgan marhumning jiyani Ilya Sviridov. 

Maksim poliklinikada klinik testdan o`tgan. Ma`lum bo`lishicha, o`pkasining 28 foizi yallig`lanib ketgan ekan. Oxirgi marta u 19 may kunduz kuni aloqaga chiqqan, kechqurun esa qo`ng`iroqlarga javob bermagan...

Marhumni so`nggi yo`lga 22 mayda onasi ishtirokida kuzatishdi. Katta avlod vakillarinig sevimli tele yulduzlaridan biri bo`lgan Svetlana Morgunova, garchi an`anaviy dafn marosimlari xavf tug`dirsa-da, jasadni kuydirishga rozi bo`lmadi.

Guvohlarning fikriga qaraganda, marosim chog`ida 80 yoshli ayol o`zini yomon his etgan, zo`rg`a oyoqda turgan. Sobiq suxandon matbuot vakillari bilan gaplashishni xohlamagan. Do`stlarining e`tiroficha, endi uning uchun hayotning mazmuni qolmagan.

Шарҳлар