my5
all

O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatini nega yoshlar tashkil qilayotganligiga izoh berildi

Jamiyat 25.05.2020, 15:11
1664
O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatini nega yoshlar tashkil qilayotganligiga izoh berildi

Chet davlatlarda asosan katta yoshdagilar vafot etgan bo`lsa, nega bizning yurtimizda yoshlar orasida ham o`lim qayd etildi?

Ushbu savolga AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

"Kasallikdan o`lim holati asosan katta yoshdagilarda, jarrohlik amaliyotlaridan keyin, surunkali somatik kasalliklar bilan og`rigan insonlarda (yurak kasalliklari, qandli diabet, buyrak kasalliklari, o`pkaning surunkali kasalliklari) qayd etilmoqda.  

Yurtimizda o`lim holati yoshlarda ham qayd etilishiga vafot etgan o`sha yosh fuqarolarning tibbiy yordamga kechikib murojaat etganliklari sabab bo`ldi."

Шарҳлар