my5
all

Ijtimoiy tarmoqdagi “Xorazmda ayanchli xolat!” nomli video lavha yuzasidan IIV munosabat bildirdi (video)

Jamiyat 25.05.2020, 12:05
2573
Ijtimoiy tarmoqdagi “Xorazmda ayanchli xolat!” nomli  video lavha yuzasidan IIV munosabat bildirdi (video)

Xorazm viloyati, Shovot tumani, Monok mahallasida yashovchi, 1987 y.t. S.Eshchanov 2019 yil 24 oktyabr kuni turmush o`rtog`i Sh.Qurbonova va kaynakasi O.Qurbonovlarni xatti-harakatini videotasvirga olib, internet tarmoklariga sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Shovot tuman IIB profilaktika inspektori I.Jumanov tomonidan fukaro Sh.Qurbonovaning murojaati 2020 yil 02 yanvar kuni belgilangan tartibda qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv olib borilib, to`plangan hujjatlar S.Eshchanovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 40-moddasi tartibida konuniy chora ko`rishlik uchun Shovot tumani Ma`muriy sudiga yuborilgan.

2020 yil 21 yanvar kuni Shovot tumani Ma`muriy sudi raisi I.Ismoilov tomonidan fuqaro S.Eshchanovga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima jazosi qo`llanilgan.   

Ushbu holat bo`lganidan keyin S.Eshchanovdan turmush o`rtog`i Sh.Kurbonova “Damas” avtomobilini berishini so`rab borgan vaqtida o`zaro janjallashib, S.Eshchanov bermasligini aytib, avtomobilida Sh.Qurbonovani sudrab ketganlik holati yuzasidan Shovot tumani IIB YHXG katta inspektori X.Madaminov tomonidan to`plangan hujjatlar Shovot tumani Ma`muriy sudiga yuborilib, S.Eshchanovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 133-moddasi tartibida, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Шарҳлар