my5
all

Surxondaryoda traktor jarlikka tushib ketdi. Haydovchi vafot etdi

Jamiyat 23.05.2020, 19:15
521
Surxondaryoda traktor jarlikka tushib ketdi. Haydovchi vafot etdi

Kecha, 22 may kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Chinor mahallasi hududida “TTZ-28” rusumli tirkamali traktor jarlikka ag`darilgan. 

IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilishicha, hodisa soat 19:20 larda traktor haydovchisi E.X.(1971 yilda tug`ilgan)ning rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida sodir bo`lgan.

Haydovchi og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Uzun tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар