my5
all

Ramazon oyida “Vaqf” fondi 3,5 milliard so`mga yaqin xayriya qildi

Jamiyat 23.05.2020, 18:44
217
Ramazon oyida “Vaqf” fondi 3,5 milliard so`mga yaqin xayriya qildi

O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi muborak Ramazon oyi davomida 3 mlrd 470 mln 680 ming 134  so`mlik xayriya ishlarini amalga oshirdi. Bu haqda Fond matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Jumladan, 1 mlrd 943 mln 936 ming 800 so`mlik 23 ming 287 dona oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi tarqatildi. Bunda Fond 2 ming 810 dona oziq-ovqat jamlanmasi uchun 230 mln 818 ming so`m sarfladi, hududiy filiallarga 13 ming 650 dona oziq-ovqat jamlanmasi uchun 728 mln so`m o`tkazib berdi, homiylarning 985 mln 118 ming so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinib, 6 ming 827 dona oziq-ovqat jamlanmasi shaklida o`z egalariga etkazildi. 

Shuningdek, Fond 1 ming 560 nafar yordamga muhtoj kishilarning plastik kartalariga 464 mln 743 ming 334 so`m pul mablag`lari beg`araz o`tkazib berildi. 

Bundan tashqari, Ramazon oyida xalqimizga yanada ko`proq ma`rifat ulashib, beminnat xizmat ko`rsatayotgan Respublikamizdagi 2 ming 124 nafar imom-xatib va imom noibiga 1 mlrd 62 mln so`m pul mablag`lari moliyaviy yordam sifatida o`tkazib berildi. 

Shu o`rinda aytish joiz, yuqorida aniq raqamlarda keltirilgan xayriyalar maqsadiga ko`ra, Fondda vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mablag`lariga ochilgan alohida-alohida hisob raqamlar orqali haqdorlarga yo`naltirildi. Bundan tashqari, Fond vazifalariga masjid va ziyoratgohlardan kelib tushgan mablag`lar evaziga imom-xatib, imom noiblarni moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash ham kiradi. 

Шарҳлар