my5
all

O`zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma`lum qilindi

Jamiyat 23.05.2020, 17:03
567
O`zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma`lum qilindi

Davlat statistika qo`mitasi yanvar-aprel oylarida O`zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to`g`risida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo`ljallangan mashinalarga 603,8 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 310,7 dollar to`langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo`lovchilarni tashish uchun mo`ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo`ljallangan transport vositalaridan tashqari) 197,8 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo`lmagan mashinalar va ularning detallariga 424,0 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 201,1 mln dollar ketgan bo`lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 204,5 mln dollarga tushgan.

Шарҳлар