my5
all

Garvard universiteti Qur`on oyatlarini adolatning eng buyuk ifodalaridan biri sifatida tan oldi

Dunyo 23.05.2020, 16:39
433
Garvard universiteti Qur`on oyatlarini adolatning eng buyuk ifodalaridan biri sifatida tan oldi

Huquq sohasidagi eng nufuzli ta`lim muassasalaridan biri bo`lgan Garvard yuridik maktabi (Harvard Law School) muqaddas Qur`on oyatlarini kutubxonaga kirish qismiga joylashtirib qo`ydi va uni tarixdagi adolatning eng buyuk ifodalaridan biri sifatida tavsifladi, deb xabar bermoqda tarjumon, thedeenshow.com saytiga asoslanib.

Fakultetning asosiy kirish qismining devorida eng yaxshi iboralarga bag`ishlab, adolatni ifodalovchi «An-Nisa» («Ayollar») surasining 135-oyati osib qo`yildi:

«Ey iymon keltirganlar, adolat bilan turguvchi hamda o`zlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urug`larning zarariga bo`lsada, Alloh uchun to`g`ri guvohlik berguvchi bo`linglar! U (ya`ni guvohlik beriluvchi)boy bo`ladimi, kambag`al bo`ladimi, har ikkisiga ham Allohning O`zi (sizlardan ko`ra) yaqinroqdir. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga ergashib ketmanganlar. Agar tillaringni burib (noto`g`ri guvohlik bersangizlar) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta Alloh qilayotgan amalllaringizdan xabardor bo`lgan zotdir”

Saudi Daily nashrining ma`lumotlariga ko`ra, Garvardda tahsil olayotgan Saudiya Arabistonidan kelgan talaba avval ushbu oyatga e`tibor qaratadi va uning fotosuratini o`zining Tvitterdagi sahifasiga joylashtiradi.

«Men ushbu oyatni tarixdagi adolatning eng buyuk ifodalaridan biri deb ta`riflagan huquq fakulteti tomonidan joylashtirilganiga e`tibor berdim», dedi Abdulloh Jumma.

 

1817 yilda tashkil etilgan Garvard yuridik maktabi AQShdagi eng qadimgi doimiy faoliyat yuritib kelayotgan huquq maktabidir va dunyodagi eng katta akademik huquq kutubxonasi joylashgan hudud hisoblanadi. Uning bitiruvchilari orasida AQSh Prezidenti Barak Obama va ko`plab nufuzli jurnalistlar, yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari va biznes rahbarlari, hatto professional sportchilar ham bor.

Ko`rgazmaning rasmiy veb-saytida xabar berilishicha, «Adolat so`zlari» ko`rgazmasi, insoniyatning adolat va qadr-qimmatga bo`lgan og`ishmasdan intilishlari qonun orqali ekanligidan dalolat beradi. Ushbu devorlardagi so`zlar, adolat g`oyasining mustahkamligi va ajralmasligini tasdiqlaydi.

Kartinki po zaprosu

Huquq maktabi tomonidan yaratilgan badiiy inshootda yigirmaga yaqin iqtiboslar keltirilgan. Badiiy inshoatining kirish qismidagi uchta e`tiborga sazovor eksponatlar – bu Avliyo Avgustin, Qur`oni Karim va Buyuk xartiyadan olingan iqtiboslardir. Garvard yuridik maktabidagilarning fikriga ko`ra, ushbu iqtiboslar adolat tushunchasining har doim va barcha madaniyatlarda universal ekanligini aks ettiradi.

Iqtiboslar o`qituvchilar, xodimlar va huquqshunoslik fakulteti talabalarining 150 dan ortiq materiallari orasidan tanlab olindi. Yuridik maktab kutubxonasi kutubxonachilari har bir taklifning tarixiy holati va haqiqiyligini o`rganib chiqdilar va ushbu tadqiqotlarni badiiy inshoatga tashrif buyuruvchilar bilan baham ko`rish uchun veb-sayt yaratdilar.

Шарҳлар