my5

Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o`tkazildi

Dunyo 23.05.2020, 14:32
1300
Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o`tkazildi

Rossiya Federasiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasini sinab ko`rdi va tajriba muvaffaqiyatli o`tdi.  

Olimlarning ma`lum qilishicha, tajribada uni ishlab chiqqan, klinik tadqiqotlargacha ishlarni tashkil etgan insonlar, texnologlar ishtirok etishgan va ularda immunitet saqlanib qolgan, hech qanday salbiy ta`sirlar aniqlanmagan. Markaz direktorining so`zlariga ko`ra, vaksina sinab ko`rilgandan so`ng, barcha ixtirochilar “tirik, sog`lom va baxtli”.

Hozirda vaksina klinik sinovgacha davrning yakuniy bosqichida va primatlarda qo`shimcha tekshirilmoqda. Tekshirishlar natijasi olinganidan so`ng klinik tadqiqot uchun Sog`liqni saqlash vazirligining ruxsati talab etiladi va shundan keyin ko`ngillilarda sinov boshlanadi.  Vaksinaning klinik sinovlarini yoz oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Шарҳлар