my5

MIB: aholining ehtiyojmand qismi doimo e`tiborda

Jamiyat 23.05.2020, 13:32
261
MIB: aholining ehtiyojmand qismi doimo e`tiborda

Ma`lumki, amaldagi tartibga ko`ra iste`molchilar foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to`lovlarni har oyning 10-sanasiga qadar to`lashlari lozimligi, aks holda iste`molchi tarmoqdan uzib qo`yilishi va tarmoqqa qayta ulanish uchun eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to`lov undirilishi belgilangan.

Ammo, besh qo`l barobar emas deganlaridek, ayrim iste`molchilar ehtiyojmandligi uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishmaydi. Bunda qanday yo`l tutmoq lozim? Bu masalaga Byuro organlari tomonidan insonparvarlik tamoyili asosida yondoshilmoqda. Ya`ni, Byuro tashabbusi bilan karantinli davrda tomonidan  kam ta`minlangan oilalarning ana shunday muammolari homiylar yordamida hal qilinmoqda. Bu xaqda MIB Darakchiga ma`lum qilmoqda.

Salomatxon Zufarova Yangiqo`rg`on tumanining G`alaba mahallasida istiqomat qiladi. Vaqtincha ishsiz.Boz ustiga turmush o`rtog`i baxtsiz xodisa tufali bemor bo`lib qolgan. 3 nafar voyaga etmagan farzandini tarbiyalayotgan xonadon egalari doimo mahalla e`tiborida. Ramazon xayiti bayrami arafasida Byuroning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi xodimlarining xonadonga tashrifi ularni xursand qildi. Boisi, foydalanilgan tabiiy gazdan salkam 500 ming qarzdorligi bor edi. Aynan xududga biriktirilgan davlat inspektori va mahalla faollarning hamkorligida ushbu qarzdorlik bartaraf etildi.  

Darhaqiqat, Byuroning Yangiqo`rg`on tumani bo`limi tomonidan pandemiya davrida xayriya tadbirlari umuman to`xtagani yo`q. Har bir mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta`minlangan oilalarning energiya resurslaridan bo`lgan qarzdorliklari homiylar bilan hamkorlikda bartaraf etib kelinmoqda.

Yana bir muhim masala: Karantin davrda bo`lim tomonidan kunlik faoliyat belgilangan gigena qoidalari asosida amalga oshirilmoqda. Bo`limda joylashgan kassalar orqali to`lovlar mana bunday ijtimoiy masofa saqlangan holda qabul qilinmoqda. Bundan tashqari, har bir kelayotgan fuqaroning tana haroratlari o`lchanib, antiseptik vositalari bilan dizenfeksiya qilinib, keyin kiritilmoqda. Shuningdek, mahallalarda tashkil etilgan sayyor kassalarda ham sanitar qoidalarga amal qilish qat`iy belgilangan.

Шарҳлар