my5
all

Juma shahrida avtomobillar va fuqarolar harakatlanishi vaqtincha to`xtatiladi (+yopilgan yo`llar ro`yxati)

Jamiyat 21.05.2020, 22:22
1230
Juma shahrida avtomobillar va fuqarolar harakatlanishi vaqtincha to`xtatiladi (+yopilgan yo`llar ro`yxati)

Bugun, 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab, Juma shahriga boshqa hududlaridan kirib keladigan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Pastdarg`om tumani hokimligining axborot xizmati xabar qildi. 

Ushbu taqiq Pastdarg`om tuman hokimi Sh.Xudayberdievning farmoyishi bilan tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo`ylab tarqalishining oldini olish maqsadida kiritildi.

Bugundan quyidagi ko`cha va yo`llarda harakatlanish cheklandi:

- 4R-46a avtomobil yo`lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo`li;  

- Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko`chasi yo`li;  

- 4K-547 avtomobil yo`lining Juma shahar Sh.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo`ston ko`chalariga kirish yo`li;  

- Samarqand – Juma - Kattaqo`rg`on 4R-46 avtomobil yo`lining 24-klometri, Juma shahriga kirish yo`li;  

- Samarqand – Juma - Kattaqo`rg`on 4R-46 avtomobil yo`lining 25-klometri, Juma shahar Buyuk Turon ko`chasiga kirish yo`li; 

Шарҳлар