my5
all

“Paxta neftbazasi”da AI-80 markali benzin narxi 3 000 so`m etib belgilandi

Jamiyat 21.05.2020, 21:55
689
“Paxta neftbazasi”da AI-80 markali benzin narxi 3 000 so`m etib belgilandi

Prezidentning 2020 yil 4 aprelda imzolagan “Neft-gaz tarmog`ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida” qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg`isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg`isi) chakana narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi.

“O`zbekneftgaz” AJga qarashli “Paxta neftbazasi” MChJ 2020 yilning 21 may kunidan e`tiboran neftmahsulotlarini sotishda yangi narxlarni e`lon qildi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Unga ko`ra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan Ai-80 markali benzinning 1 litri uchun 3 000 so`m narx belgilandi, Ai-95 markali benzin narxi esa 5 884 so`m.

“Paxta neftbazasi” MChJ tomonidan yuqorida nomlari hamda narxi qayd etilgan markalardagi benzin AYoQShlarga ulgurji tarzda sotiladi.

Uni sotib olgan xususiy AYoQShlar transport xizmati va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda o`zlari narx belgilaydi.

Шарҳлар