my5

“O`zbekneftgaz”: “Zevarda” konida kunlik 140 ming kub metr tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi (Video)

Iqtisodiyot 20.05.2020, 18:05
381
“O`zbekneftgaz”: “Zevarda” konida kunlik 140 ming kub metr tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi (Video)

“O`zbekneftgaz” Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” gazkondensat konidagi 315-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatilib, 2775-2730 metr  oralig`iga filtr tushirilgan.

Quduqni o`zlashtirish ishlaridan so`ng, kunlik 140 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.  

“O`zneftgaz burg`ulash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burug`ulash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo`shish ishlari bajarilmoqda.  

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ushbu quduq “O`zbekneftgaz”AJning 2020 yilda o`z kuchi bilan burg`ulab ishga tushirishi ko`zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

 

Шарҳлар