my5
all

V Islom birdamlik o`yinlari noma`lum muddatga qoldirildi

Sport 19.05.2020, 14:22
362
V Islom birdamlik o`yinlari noma`lum muddatga qoldirildi

Islom diniga e`tiqod qiladigan mamlakat vakillari o`rtasida Islom birdamlik o`yinlari har 4 yilda bir marotaba o`tkazilishi barchamizga ma`lum. 2021 yil 20-29 avgust kunlari Turkiyaning Konyo shahrida o`tishi rejalashtirilgan V Islom birdamlik o`yinlari noma`lum muddatga qoldirildi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab “Tokio – 2020“ Olimpiya o`yinlari 2021 yilning 23 iyul – 8 avgust, Paralimpiya o`yinlari esa 24 avgust – 5 sentyabr kunlari o`tishi belgilandi. Shu sababli, Islom birdamligi sport federasiyasining (ISSF) ijroiya qo`mitasi V Islom birdamlik o`yinlarini boshqa muddatda o`tkazishga qaror qildi.

Eslatib o`tamiz, 2017 yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o`tgan IV Islom birdamlik o`yinlarida O`zbekiston delegasiyasi 15 oltin, 17 kumush hamda 31 bronza, jami 63 ta medalni qo`lga kiritgan edi.

Шарҳлар