my5
all

Ertaga, 19 mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi

Hi-tech 18.05.2020, 18:54
363
Ertaga, 19 mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi

 Ertaga 19 may kunga belgilangan Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi soat 08:35 da parvozga otlanadi.

Unga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  Bu haqda Tashqi migrasiya agentligi xabar berdi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.  

 

Шарҳлар