my5
all

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan shaxs qamoqqa olindi

Jinoyat 18.05.2020, 18:38
827
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan shaxs qamoqqa olindi

Fuqaro Doniyor Yakubov o`zi Toyloq tumani hokimligi madaniyat bo`limida ishlab kelsa-da, 2020 yil 15 mayda Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Halq fikri” nomli guruhda o`zining profilidan o`zbek tili va millatini kamsituvchi fikrlarni yozib qoldirgan. Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida xodimlarning qonuniy talablariga bo`ysunmay, ularga qarshilik ham ko`rsatadi.

Samarqand shahar ma`muriy sudida unga nisbatan to`plangan ish 2020 yil 18 may kuni ochiq sud majlisida ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Samarqand shahar ma`muriy sudi raisi Orif Pardaev ma`lum qildi.

 

Шарҳлар