my5
all

Toshkentda 31 yoshli fuqaroni 2 erkak va 1 ayol qanday qilib bo`laklarga bo`lib, hovliga ko`mib tashlaganini gapirib berishdi (video)

Jinoyat 18.05.2020, 17:12
2280
Toshkentda 31 yoshli fuqaroni 2 erkak va 1 ayol qanday qilib bo`laklarga bo`lib, hovliga ko`mib tashlaganini gapirib berishdi (video)

Toshkentda bir hafta avval o`g`irlab ketilgan fuqaroning jasadi bo`laklanib, hovliga ko`mib tashlangani aniqlangani  haqida Darakchiga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qilgan edi. 

 Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, 8 may kuni poytaxtning Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi o`ttiz bir yoshli Raxmatullaev Ravshanning onasi o`g`li «Lacetti»  avtomashinasida uyidan chiqib, bedarak yo`qolgani haqida xabar qiladi. 

O`tkazilgan tezkor-tergov harakatlar davomida aniqlanishicha, Yunusobod tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan Jamoliddin Aripbaev (muqaddam sudlangan, ayni paytda ishsiz) Ravshan Raxmatullaevdan 2020 yil yanvar oyida oylik to`lab ber ish  sharti bilan ijaraga avtomashina olgan. Ikki oy maboynida pullarni to`lab bermagani uchun Ravshan avtomabilni qaytarib olgani sabab Jamoliddinda Ravshanga nisbatan  adovat paydo bo`lgan. 

 J.Aripbaev  1991 yilda tug`ilgan M.Mahkamov va 1991 yilda tug`ilgan Sevara Abdulhakimovalar bilan til biriktirib jinoyatni rejalashtiradi. 

Sevara Abdulhakimova 7 may kuni Ravshanni uyiga taklif qiladi. Aytilgan manzilda esa Ravshanni «kutib olgan» uchchovlon avvaliga uni urib-do`pposlab, qo`l va oyoqlarini arqon bilan bog`lashadi. So`ng yonida bo`lgan 400 AQSh dollari va 1.000.000 so`m miqdoridagi pul mablag`larini qo`lga kiritadi.

Bu bilan qanotlanmagan jinoiy guruh Ravshanni qiynab, pul talab qilishda davom etadi. Ayni jarayonda uning uyali telefonida Telegram mesendjeri orqali (R.R.ning nomidan uning) ota-onasi bilan SMS xabarlar almashib, ularga bir do`stining uyidan 29.000 AQSh dollarini olib, falon manzilga etkazib berishni aytadi. Va shu tariqa ular 29.000 AQSh dollarini qo`lga kiritishadi.

Shundan so`ng sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida J. Aripbaev 8 mayga o`tar kechasi Ravshanni o`ldiradi. Bu ham kamdek marhumning murdasini bo`laklarga ajratib, ko`mib yuboradi...

Mazkur videoda qotillar o`zlari qilgan jinoyat haqida so`zlab berishgan. 

Jasadni «Lacetti» rusumli avtomashinasi yukxonasiga joylab, ikki kun avval ijaraga olgan Yashnobod tumanidagi hovliga olib boradi va shu erda uni urib, umriga zomin bo`ladi. So`ng yollanma ishchilar yordamida mazkur xovlida chuqur qazdirib, marhumning murdasini bo`laklarga ajratib, ko`mib yuboradi...

To`plangan hujjatlarga ko`ra, J.Aripbaevning harakatlarida qasddan odam o`ldirish jinoyat tarkibi mavjudligini hisobga olib, jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 137-moddasi (Odam o`g`rilash )1-qismidan JKning 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qismi «i» bandi va 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «g» bandiga qayta malakalangandi.

 

Шарҳлар