my5
all

Qimorbozlar qo`lga olindi. Ularning 7 nafari Xorazmdan, qolgani Qoraqalpog`istondan (video)

Jinoyat 18.05.2020, 10:44
826
Qimorbozlar qo`lga olindi. Ularning 7 nafari Xorazmdan, qolgani Qoraqalpog`istondan (video)

Ichki ishlar xodimlarining tezkor tadbirlari davomida bir guruh qimorbozlar ushlandi. Bu haqda milisiya.uzb rasmiy kanali xabar berdi.

Bu guruh a`zolari karantin vaqtida begilangan tartib-qoidalarga zid ravishda ommaviy to`plangani etmaganidek, katta miqdorda pul mablag`lari ishtirokida qimor o`ynash bilan shug`ullanib kelgan.  Ular jami 19 nafar fuqoro bo`lib, shundan 7 nafari Xorazm viloyatidan, 2 nafar shaxs Beruniy tumanidan,  3 nafari Xo`jaylidan, qolgan qimorbozlar esa Nukus shahridan bo`lib chiqdi.  

Noqonuniy tashkillashtirilgan "qimorxona"da  giyohvandlik moddasi borligi ham aniqlangan.

Bu holat bo`yicha Jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, hozirda surushtiruv harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Шарҳлар