my5
all

Germaniya klubi Eldorni koronavirus pandemiyasi sabab ikki barobar arzonga sotib olmoqda

Sport 17.05.2020, 10:44
1305
Germaniya klubi Eldorni koronavirus pandemiyasi sabab ikki barobar arzonga sotib olmoqda

O`zbekiston terma jamoasi va “Rostov” futbol klubi hujumchisi Eldor Shomurodovni Germaniya klublaridan biri  - “Shalke 04” jamoasi o`z safiga qo`shib olishni shu yilning yozida amalga oshirmoqchi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.

Eldorning transferi 5 million evroga baholanmoqda. Aslida Shomurodovning transferi ikki barobar qimmat. Lekin pandemiya ta`sirida miqdorlar pasaygan.

Eslatib o`tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda 22 uchrashuvda 11 gol urdi va 6 golli uzatmada ishtirok etdi. Futbolchimiz mazkur taklifni qabul qilishi hozircha aniq aytilmagan.

Шарҳлар