my5
all

Andijonda neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qo`lga olindi

Jinoyat 16.05.2020, 15:53
1144
Andijonda  neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qo`lga olindi

13 may kunidan 14 may kuniga o`tar kechasi  Andijon tumanida yashovchi fuqarolar D.X va bir guruh shaxslar tumanning Guliston mahallasida joylashgan “Abdurashid hosili” fermer xo`jaligi er maydonidan o`tgan “Andijanpetro" MChJga qarashli neft quvurlariga maxsus moslama  o`rnatib,  ko`p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin ravishda o`g`irlayotgan vaqtlarida Andijon tumani IIB jinoyat qidiruv bo`limi tezkor vakillari tomonidan ushlanganlar.   Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Shu bilan birga, ulardan 35-dona maxsus tayyorlangan qoplarda neft mahsulotlari, 30 dona bo`sh qoplar, temir trubaga ulangan maxsus moslama   hamda 8 metr hajmdagi sellofanlar olingan.

“Andijanpetro" MChJ tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra,  ushbu jamiyatga tegishli bo`lgan jami 10.500.000 so`mlik neft mahsulotlari talon-taroj qilingan hamda markaziy quvurga shikast etkazilib yaroqsiz xolga keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 may  kuni yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi va 255-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,  hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 

Шарҳлар