my5
all

Ramazon hayiti munosabati bilan qutlov maktublari yo`llandi

Siyosat 16.05.2020, 10:29
764
Ramazon hayiti munosabati bilan qutlov maktublari yo`llandi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita tomonidan yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan qator mamlakatlarning din ishlari bo`yicha boshqarmalari, hamkor vazirlik va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlariga samimiy dil so`zlari bitilgan qutlov maktublari yo`llandi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati xabar qildi. Xususan:

  • Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vaziri – Muhammad Solih bin Tohir Benten;
  • Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari – Shayx Ahmad Tayyib;
  • Misrning Al-Azhar majmuasi rahbari maslahatchisi – Abdurahmon Muso;
  • Misrning Al-Azhar universiteti rektori – Muhammad Mehrsavi;
  • Turkiya Respublikasi Din ishlari boshqarmasi (Diyonat) rahbari – Ali Erbash;
  • Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo`mitasi raisi – Mubariz Kurbanli;
  • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi – Shayxul-islom Ollohshukur Poshshozoda;
  • Qozog`iston Respublikasi Din ishlari bo`yicha qo`mitasi raisi – Erjan Nukejanov;
  • Qirg`iz Respublikasi Din ishlari bo`yicha davlat komissiyasi direktori – Zayrbek Ergeshov;
  • Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Din ishlari, an`analar, bayramlar va urf-odatlarni tartibga solish qo`mitasi raisi – Sulaymon Davlatzoda

Шарҳлар