my5
all

“Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi

Siyosat 15.05.2020, 19:19
438
“Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri kiritildi. Mas`ul qo`mita tomonidan qonun loyihasi birinchi o`qishda ko`rib chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Alisher Qodirov o`z telegram kanalida ma`lum qildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida ushbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilishga tayyorlanmoqda.  

Shu bilan birga, bugungi kunda qabul qilishga tayyorgarlik ko`rilayotgan “Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining tashabbusi asosida O`zbekiston Respublikasida barcha normativ huquqiy hujjatlarning o`zbek tilida qabul qilinishi belgilanmoqda.

Шарҳлар