my5
all

Surxondaryoda 30 kishini to`plab iftorlik qilayotgan oila a`zolarini tartibga chaqirgan IIB xodimlari toshbo`ronga uchradi

Jamiyat 15.05.2020, 16:48
9306
Surxondaryoda 30 kishini to`plab iftorlik qilayotgan  oila a`zolarini tartibga chaqirgan IIB xodimlari toshbo`ronga uchradi

 14 may kuni Sherobod tumani, “Balxiguzar” mahallasida yashovchi Devarov Boqi o`zining yashash xonadonida o`g`illari I.Devarov, E.Devarovlar bilan birgalikda qarindosh-urug`lari va qo`ni-qo`shnilarini uyiga to`plab, iftorlik o`tkazgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda. 

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, Sherobod tumani Ichki ishlar bo`limi, tuman Davlat xavfsizlik xizmati bo`limi hamda “Balxiguzar” mahallasi raisi hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda soat 20:30 larda D.B.ning yashash manziliga borilganida, haqiqatdan ham Devarov Boqi yashash uyida 30 nafar shaxslarga iftorlik o`tkazayotganligi aniqlanadi.

Ushbu holat bo`yicha tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan karantin qoidalarini qo`pol ravishda buzganligi uchun ma`muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilayotganda, Devarov Boqining oila-a`zolari va iftorlikka tashrif buyurgan qarindoshlari tomonidan Ichki ishlar bo`limi xodimlariga nisbatan faol qarshilik ko`rsatiladi. Ular qo`llaridagi narsa va buyumlar bilan urib,  Sherobod tumani Ichki ishlar bo`ilimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi tayanch punkti profilaktika inspektori M.Xoliqov boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashinasi toshbo`ron qilinadi. 

Natijada, ushbu janjal jarayonida profilaktika inspektori “bo`yin va chap qo`l bilak sohasi tirnalib shilinishi” kabi tan jarohati olgan.

Mazkur holatdan so`ng, voqea joyiga Sherobod tuman IIB “Tergov-tezkor guruhi” xodimlari borganida, ularga ham qarshilik ko`rsatishadi. Tuman IIB “Navbatchilik qismi”ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinaning ham oyna va kuzovlariga armatura hamda toshlar bilan urib, mazkur avtomashinaga ham shikast etkazishadi. Voqea joyiga tuman IIB rahbariyatidan mas`ul bo`lib, guruhi tarkibida kelgan, Sherobod tumani IIB boshlig`ining o`rinbosari mayor O`.Shukurovga, ham “o`ng qo`l bilak pastki uchligi shilingan jarohatlanishi” kabi tan jarohati etkazishgan.

Shundan so`ng, voqea joyiga surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlaridan iborat qo`shimcha kuch chaqirilib, ular yordamida B.Devarovning yashash xonadoniga borilganida, fuqaro Devorov Ergash 1,5 metr uzunlikda bo`lgan armatura bo`lagi bilan to`satdan, Surxondaryo viloyati IIB TVBSO xodimi katta serjant Sh.Sobirovning bosh qismiga urib, o`rta og`ir darajadagi kabi jarahat etkazgan. 

Shuningdek, ushbu janjal vaqtida Surxondaryo viloyati IIB TVBSO xodimi kichik serjant A.Qarshiev ham turli tan jarohatlari bilan, Sherobod tumani Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa sodir bo`lgan vaqtda leytenant M.Xoliqov, mayor O`.Shukurov, katta serjant Sh.Sobirov va kichik serjant A.Qarshievlar xizmat vaqtida, xizmat kiyimida, hushyor holda bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan, 2020 yilning 15 may kuni Sherobod tuman prokuraturasi tomonidan  O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan hodisa tafsilotlari haqida esa qo`shimcha ravishda ma`lum qilib boriladi.

 

Шарҳлар