my5

Dunyo futbol muxlislari o`yinlarning boshlanishiga qarshi! Bu jiddiy tus olyapti

Sport 14.05.2020, 13:20
1019
Dunyo futbol muxlislari o`yinlarning boshlanishiga qarshi! Bu jiddiy tus olyapti

Butun dunyodagi 150 dan ortiq futbol klublarning fanatlari birgalashib o`yinlarni boshlanishiga qarshi chiqishmoqda. Ayni paytga kelib bu tashkilotlar soni 300 dan oshib ketdi.

"Hozirgi paytda har qanday futbol o`yinini mutlaqo to`xtatib turish maqsadga muvofiqdir. Jamoat orasida sog`liqni saqlab turish eng muhim vazifadir", - deyiladi birlashayotgan ishqibozlarning talablarida.

Mana shu aksiyaga "Bavariya", "Sevilya", "Valensiya", "Shtutgart", "Sporting", "Parmya", "Napoli", "Yuventus", "Jenoa" va "Udineze" kabi klublarning fan-klublari imzo chekkan.

Шарҳлар