my5
all

15 may: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

Iqtisodiyot 13.05.2020, 17:40
Теглар: Ai-92 markali benzin, O`zbekneftgaz
845
15 may: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

“O`zbekneftgaz" AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ida Ai-92 markali benzin va Evropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg`isi sotuvini yo`lga qo`yganligi haqida avval xabar berilgan edi.

2020 yilning 26 mart kunidan e`tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so`mdan 6000 so`mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so`m deb belgilandi.

15 may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so`mga arzonlashtirildi va 5000 so`m qilib belgilandi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, Ai-80 markali benzin narxi “O`zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg`i quyish shoxobchalarida 4000 so`mdan sotilmoqda.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

 

Шарҳлар