my5

BAA xoldingi Belgiya klubini sotib oldi

Sport 11.05.2020, 21:19
730
BAA xoldingi Belgiya klubini sotib oldi

Angliyaning “Manchester Siti” futbol jamoasiga egalik qiluvchi City Football Group  xoldingi Belgiya ikkinchi divizioni vakilini sotib olganini e`lon qildi. Bu haqda Telegraph xabar berdi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa to`xtatilgan vaqtda ikkinchi divizionda 6-o`rinni egallab turgan “Lommel” klubi endi  City Football Group strukturasiga kiradi. Klub shu tariqa xolding kompaniyasi tomonidan sotib olingan to`qqizinchi jamoaga aylandi.

Taxmin qilinishicha, shartnoma doirasida klubning 1.75 million funtlik qarzi qoplab berilgan.

Ushbu xolding AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy va boshqa davlatlardagi klublarda ham o`z ulushiga ega.  City Football Group xususan, “Nyu-York Siti”, “Melburn Siti” va “Mumbay Siti” jamoalariga egalik qiladi.

Шарҳлар