my5
all

Toshkent va Surxondaryoda 6 nafar shifo topshag bemor bilan jami sog`ayganlar bugun 2000 nafarga etdi

Salomatlik 11.05.2020, 20:50
1639
Toshkent va Surxondaryoda 6 nafar shifo topshag bemor bilan jami sog`ayganlar bugun 2000 nafarga etdi

Ayni soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog`ayganlarning barchasi erkak bo`lib, xalqaro yuk tashish avtomashinasi haydovchilari bo`lgan 3 nafari Qozog`iston orqali, 2 nafari esa Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Farg`ona viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning eng yoshi kattasi 54 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 24 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida shifo topganlar 616 nafarga etdi.

Surxondaryoda tuzalgan 35 yoshli bemor (ayol) Farg`ona viloyatidan bo`lib, Moskva – Termiz yo`nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Viloyatda shu paytga qadar sog`ayganlar 36 nafarga etdi.

Shunday qilib, bugunning o`zida 107 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1988 nafarni tashkil etmoqda.  

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2482 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 484 nafar bemor davolanmoqda. 

Шарҳлар