my5
all

Qoraqalpog`iston va Farg`onada 11 nafar hamyurtimiz sog`aydi, jami tuzalganlar 35 nafarga etdi

Salomatlik 10.05.2020, 19:04
1135
Qoraqalpog`iston va Farg`onada 11 nafar hamyurtimiz sog`aydi, jami tuzalganlar 35 nafarga etdi

Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar, Farg`ona viloyatida 3 nafar, jami 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Qoraqalpog`istonda sog`ayganlarning barchasi ushbu hududdan (6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qo`ng`irot tumanidan) bo`lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo`lib, ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog`istonda 101 nafar bemor tuzalgan bo`lsa, endilikda ular 109 nafarni tashkil etmoqda.

Farg`onada tuzalganlarning 1 nafari (27 yoshli ayol) ushbu viloyatdan bo`lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari (23 yoshli ayol va 2019 yilda tug`ilgan chaqaloq) esa Andijon viloyatidan bo`lib, Istambul – Farg`ona yo`nalishidagi charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 136 nafar bemor tuzalgan bo`lsa, endilikda ular 139 nafarga etdi.

Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`aygan bemorlar 1881 nafarni tashkil etmoqda.

Шарҳлар