my5
all

Samarqandda ham 10 kishi tuzalib, jami koronavirusni engganlar soni 1856 nafarga etdi

Salomatlik 10.05.2020, 16:22
540
Samarqandda ham 10 kishi tuzalib, jami koronavirusni engganlar soni 1856 nafarga etdi

Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib chiqdi va reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) bo`lib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozog`iston orqali O`zbekistonga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 70 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 80 nafarga etdi.

Shunday qilib, 10 may 13:10 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1856 nafarga etdi. 10 may soat 15:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2411 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq respublika davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O`zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 531 nafar bemordan 7 nafari og`ir ahvolda ekanligini, 42 mingdan ortiq fuqaro karantinda bo`lib turganini qayd etgan edi.

Шарҳлар