my5
all

O`zbekiston boks federasiyasi she`riy tanlov e`lon qildi

Sport 08.05.2020, 18:38
435
O`zbekiston boks federasiyasi she`riy tanlov e`lon qildi

O`zbekiston boks federasiyasi karantin vaqtida muxlislar uchun maxsus tanlov e`lon qildi. Unda ishtirokchilar o`zbek bokschilari va murabbiylari haqida ajoyib she`riy misralarni taqdim etishlari kerak.

Tanlov shartiga ko`ra, she`rni chiroyli tarzda o`qib, o`zingizni videoga olasiz va ushbu videoni Instagram hamda Feysbukdagi sahifangizga #boxinguzbekistan xeshtegi bilan joylashtirasiz, Instagramga qo`yilgan videoda @boxinguzbekistan_official akkauntini belgilab qo`yish talab qilinadi.

Eng yaxshi 3 ta o`rinni egallaganlar O`zbekiston boks federasiyasining maxsus komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Tanlov g`oliblariga: 

  • "BUKA BOXING" kompaniyasining sport ekipirovkalari to`plami (full);
  • Olimpiada chempionlarining dastxati tushirilgan qo`lqoplar;
  • Esdalik uchun medal va diplomlar taqdim etiladi!

Ushbu tanlov joriy yilning 31 mayiga qadar davom etadi. 

Шарҳлар