my5
all

9 may kuni Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi sharafiga mamlakat telekanallarida yangi harbiy-tarixiy filmlar namoyish etiladi

Madaniyat 07.05.2020, 13:15
690
9 may kuni Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi sharafiga mamlakat telekanallarida yangi harbiy-tarixiy filmlar namoyish etiladi

So`nggi yillarda O`zbekistonda urush davridagi halqimizning qahramonligi va bag`rikengligini abadiylashtirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to`g`risida»gi qarori buning yaqqol dadilidir. Qarorga ko`ra, «O`zbekkino» MA zimmasiga fashizmga qarshi kurashda qahramonlik ko`rsatgan yurtdoshlarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo`yicha vazifalar yuklangan.

9 may arafasida Hukumatning qo`llab-quvvatlashi bilan «O`zbekkino» MA va ijodiy jamoalar «Ilhaq» badiiy-tarixiy filmi (rejissyor – Jahongir Ahmedov), «Xalq jasorati» hujjatli kinoxronikasi (rejissyor – Ali Hamroev) va «101» badiiy filmi (rejissyor – Hamidulla Hasanov) bo`yicha ishlarni nihoyasiga etkazdilar. 

Ta`kidlash joizki, filmlar ustidagi asosiy ish jarayonlari joriy yilga to`g`ri keldi. «Ilhaq» filmining barcha asosiy jang sahnalari 2020 yil fevral oyida Belarusda suratga olindi. O`zbekistondagi qator muhim epizodlar suratga olingach, film ijodiy guruhi uni yakuniga etkazish uchun parallel ravishda bir necha studiyalarda tinmay ishladi. «101» filmini suratga olish va postprodakshn ishlari  shu yilning fevralidan may oyiga qadar o`tdi, «Xalq jasorati» kinosolnomasi bo`yicha arxivlarda tashkillashtirilgan asosiy tadqiqot ishlari esa joriy yilning aprel oyida montaj ishlari bilan nihoyalandi.

Shuningdek, yuqorida tilga olingan kinomahsulotlarning barcha ishlab chiqarish jarayonlari koronavirus pandemiyasi davrida tegishli sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirilganini ham qayd etib o`tish lozim.

Filmlar taqdimoti 9 may kuni mamlakatning davlat va nodavlat telekanallarida bo`lib o`tadi va O`zbekistonda nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni uchun munosib sovg`a bo`ladi.

Шарҳлар