my5
all

Ilm-fan ro`za haqida nima deydi?

Salomatlik 06.05.2020, 18:42
1235
Ilm-fan ro`za haqida nima deydi?

Tibbiy psixologiya bo`yicha mutaxassis, olim, Haleh Benani xonimning ilmiy xulosalari ko`pchilikni lol qoldirdi. Tadqiqotchi shunday fikrlarni keltirib o`tadi:

Biz ramazon oyi kelishi bilan 500 nafar ko`ngilli odamlarni kuzatdik. Ularning 400 nafari ro`zador emas edi. Ro`zaning ilk kunlaridanoq 100 nafar ro`zadorda hissiy o`zgarishlar sodir bo`lib, miya faoliyati, asosan, asab tolalari qayta tiklana boshladi. Eng qizig`i ramazonning 7 kuniga kelib, ro`zadorlarning asab tolalari etarli miqdorda kengaya boshladi. Tibbiyotda ma`lumki, asab tolalarining torayishi juda ko`plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi (infarkt, nevroz, insult, oshqazon osti bezi kasalliklari va boshqalar).

O`ninchi kuni ro`zadorlarning yurak urishi, qon bosimi va aylanishi juda ham ajoyib holatga keldi (hech qanday muammolarsiz). Xujayralarning yangilanish jarayoni salomatlikning talab darajasiga etdi.

Endigi xulosa barchamizni hayratga soldi. Kunlar o`tishi bilan ro`zadorlarning tanasida baxt garmoni – endorfin, hursandchilik va xotirjamlik garmonlari – serotonin va noripinefrinlar miqdori osha boshladi. Bu garmonlar insonlarni sog`lom va shijoatli bo`lishi, immun tizimining kuchayishi, kasalliklarga qarshi kurashish va maqsad sari intilishida juda katta asos vazifasini bajaradi.

Quvonarlisi, mazkur ijobiy tuyg`ular ro`za tutmagan ishtirokchilarning ham ko`pchiligida namoyon bo`lgan. Ular ro`za tutganlarga chiroyli muomala qilib, yordam berish, ularga iftorlik va saharlik uchun taomlar tayorlab berishga harakat qilganlar, deyiladi Muslim.uz e`lon qilgan maqolada.

Шарҳлар